Bratislava shahri (Slovakiya) mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo'yicha U-20 jahon chempionatida yana bir kun ortda qoldi.
20 avgust kungi bahslarda o'zbekistonlik kurashchi qizlardan Muhayyo Narzilloyeva -65 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor bo'ldi.
Kumush medal:
-65 kg: Muhayyo Narzilloyeva
Bugun, 21 avgust sanasida Ulbike Karlibayeva bronza medali uchun kurashni davom ettiradi. Shuningdek, 3 nafar o'zbekistonlik erkin kurashchi saralash bosqichida gilamga chiqadi.
Bronza medali uchun:
-57 kg: Ulbike Karlibayeva / Liliana Kapuvari (Vengriya) — Hiunai Hurbanova (Ozarboyjon)
Kurash, U-20. Muhayyo Narzilloyeva Jahon chempionatining kumush medalini qo'lga kiritdi
Boshqa sportlar
21 avgust, 04:05
Slovakiyada sport kurashlari bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Foto: United World Wrestling