Live
12
O'zbek

De Zerbi — «Tottenhem» transferlari haqida: «Rahbariyat bergan va’dasining ustidan chiqdi»

Futbol
22 avgust, 07:45
«Tottenhem» bosh murabbiyi klub rahbariyatining transferlar bo‘yicha olib borgan ishlariga baho berdi.
De Zerbi — «Tottenhem» transferlari haqida: «Rahbariyat bergan va’dasining ustidan chiqdi»
Foto: Getty Images
22.08.2026, 12:30 Angliya Premer-ligasi Brentford Brentford - : - Tottenhem Tottenhem

Londonning «Tottenhem» klubi bosh murabbiyi Roberto De Zerbi transfer bozorida rahbariyatning faoliyatini ijobiy baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan mavsumda jamoa APLdan tushib ketish xavfi ostida qolganidan so‘ng direktorlar kengashi jiddiy o‘zgarishlar qilishga va’da bergan.

«Rahbariyat bergan va’dasining ustidan chiqdi — va’da qilgan ishlarini amalga oshirdi. Ammo bularning barchasi faqat bitta murabbiy uchun emas, balki klub va muxlislar uchun qilinmoqda.

Ikki muvaffaqiyatsiz mavsumdan so‘ng ko‘p narsani o‘zgartirishimiz kerak. Biz jamoaga aylanishimiz lozim. Menimcha, buning uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud», — dedi De Zerbi.

Eslatib o‘tamiz, «Tottenhem» o‘tgan mavsum Angliya chempionatida 38 ta uchrashuvda 41 ochko jamg‘arib, 17-o‘rinni egallagan.

Ma’lumot uchun, De Zerbi shogirdlari APLning yangi mavsumidagi ilk bahsini 22 avgust kuni «Brentford»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Brentford Brentford
  • Tottenhem Tottenhem
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar