O‘zbek qilichbozligining zabardast vakili, Moskva-1980 yozgi Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori Sobir Ro‘ziyev 73 yoshida vafot etdi.
Ma'lumot uchun, Sobir Ro‘ziyev jahon chempionatlarida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan. U, shuningdek, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga raislik qilgan va «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Tribuna.uz sayti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. O‘tganlarni Alloh rahmatiga olsin!
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi