«Atalanta» «Leypsig» yarimhimoyachisi Elif Elmasni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi. 26 yoshli futbolchi Bergamo klubida ijara asosida o‘ynaydi. Shartnomada uni sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan.
Elmas faoliyatini vatani «Rabotnichki» klubida boshlagan. Keyinchalik Turkiyaning «Fenerbahche» klubiga o‘tgan va 2019 yilda «Napoli» safiga qo‘shilgan. U neapolliklar safida bir qator sovrinlarni, jumladan, Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan.
2024 yil yanvarida yarimhimoyachi «Leypsig» futbolchisiga aylandi. O‘tgan mavsumni esa ijara asosida «Napoli»da o‘tkazib, 44 ta bahsda 1 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Elmas Shimoliy Makedoniya milliy jamoasida 2017 yil iyun oyida debyut qilgan. Uning hisobida 79 ta o‘yin va 13 ta gol bor. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 13 million yevroga baholamoqda.