Klub matbuot xizmatining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi orqali xabar qilishicha, jamoaga ijara asosida «Al Ahli»dan hujumkor yarimhimoyachi Enso Miyo va «Al Hilol» hujumchisi Darvin Nunes kelib qo‘shildi.
Har ikki futbolchi o‘tgan yoz Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tgan. Undan avval Nunes Angliyaning «Liverpul» klubida, Miyo — Germaniyaning «Shtutgart» jamoasida to‘p tepgan.
Avvalroq Pro-Liga debyutanti urugvaylikni ijara bo‘yicha kelishuvga erishganiga qaramay, «Trabzonspor»dan ilib ketgani haqida xabar qilingan edi.
Ma’lumot uchun, 2026/2027-yilgi mavsumning ikki o‘yinida jamoa 3 ochko to‘pladi: 1-turda «Al Ahli»ga (0:1) yutqazib, 2-turda esa «Al Hazm» klubini (1:0) mag‘lubiyatga uchratdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi