Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio maqsadiga erishish, barchasiga ulgurish uchun bir necha bor klubning mashg‘ulot bazasida tunab qoldi. U o‘zini to‘liq loyihaga bag‘ishlagan. Bu haqda MadridXtra xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatining yangi mavsumidagi ilk o‘yinda «Real» «Espanyol»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Mourino rasman 2026-yilning 11-iyunida madridliklar bosh murabbiyi deb e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik murabbiy 2010-yildan 2013-yilgacha «qaymoqranglilar»ni boshqargan. Tajribali mutaxassis jamoa bilan 3-yil davomida 3 ta sovrinni qo‘lga kiritdi va «Real»ni ketma-ket uch marta UYEFA Chempionlar Ligasi yarimfinaliga olib chiqdi.
Ta’kidlab o‘tamiz, keyingi o‘yinda Madrid klubi 26-avgust kuni «Real Sosedad» bilan to‘qnash keladi.