Bugun
70
O'zbek

Kimmmix: «Musiala imkon qadar tezroq safga qaytishidan umidvormiz»

Futbol
23 avgust, 00:13
«Bavariya» yetakchisi jamoadoshining sog‘lig‘i borasidagi savolga javob berdi.
Kimmmix: «Musiala imkon qadar tezroq safga qaytishidan umidvormiz»
Foto: Gettyimages

«Bavariya» klubi yetakchisi Yozua Kimmix jamoadoshi Jamal Musialaning salomatligi borasida gapirdi.

Shanba kuni myunxenliklar Dortmundning «Borussiya»sini mag‘lubiyatga uchratib, Germaniya Superkubogini (2:1) qo‘lga kiritdi. Musiala o‘yinni o‘tkazib yubordi – futbolchi mavsumoldi nazorat o‘yinlarida ketma-ket ikki bor «Leypsig» va «Haydenhaym»ga qarshi bahslarda hushini yo‘qotdi.

«Bu g‘alaba Jamalniki ham. U tez orada safga qaytadi deb umid qilamiz. Musiala «Bavariya» va Germaniya uchun juda muhim futbolchilardan biri. U nimalarga qodir ekanligini yaxshi bilamiz va tezroq sog‘ayib, safga qaytishidan umidvormiz. Jamoadagi hamma uni qo‘llab-quvvatlaydi», – deya Kimmix so‘zlaridan iqtibos keltirdi Bayern & Germany.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Jamal Musiala Bundesliga 1-turi doirasidagi «Shtutgart»ga qarshi o‘yin uchun qaydnomaga kiritilishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar