Bugun
50
O'zbek

Xulian Alvares "Atletiko"ning pozitsiyasidan norozi. U "Barselona"ga o'tishni istamoqda — AS

Futbol
23 avgust, 05:16
Argentinalik hujumchi Madrid klubini tark etib, faoliyatini "Barselona"da davom ettirish niyatida.
Xulian Alvares "Atletiko"ning pozitsiyasidan norozi. U "Barselona"ga o'tishni istamoqda — AS
Foto: Getty Images

"Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares bosh murabbiy Diego Simeone va klub bosh direktori Migel Anxel Xil Marinning vaziyatga munosabatidan norozi. AS xabariga ko'ra, futbolchi va uning atrofidagilar mavjud vaziyat hal bo'lgan deb hisoblamayapti.

Manbaga ko'ra, Alvares "Atletiko"ni tark etib, "Barselona"ga o'tishni qat'iy istamoqda. Argentinalik futbolchi klubga ketish niyatini o'tgan yilning mart oyida bildirgan. Shundan so'ng Xil Marin Alvares uchun 150 million yevrolik taklif kelgan taqdirda uni qo'yib yuborish bo'yicha yozma majburiyat olgani aytilmoqda.

Bundan tashqari, aynan "Atletiko" bosh direktori futbolchidan jahon chempionati vaqtida klubni tark etish istagini omma oldida bildirishni so'ragani haqida xabar berilgan.

Alvares "Atletiko" rahbariyatining vaziyatga munosabatini tushunmayapti va klubning qat'iy pozitsiyasidan hafsalasi pir bo'lgan. Xil Marin so'nggi kunlarda hujumchi va uning agenti bilan uchrashishdan bosh tortgan. Payshanba kuni esa u Alvaresni transfer masalasida hech qanday murosaga bormasligini bildirgan.

Shunga qaramay, Xulian transfer oynasi yopilguniga qadar "Barselona"ga o'tishni ta'minlash niyatida. Biroq futbolchi bu yo'lda keskin chora ko'rmoqchi emas.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar