"Barselona" transfer oynasi yopilguniga qadar besh nafar futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqida jurnalist Xose Alvares xabar berdi.
Gap Frenki de Yong, Mark Kasado, Ektor Fort, Alejandro Balde va Jül Kunde haqida ketmoqda. Ularning barchasi shu yozda klubini o'zgartirishi mumkin, besh futbolchiga ham boshqa klublardan qiziqish bor.
So'nggi vaqtlarda de Yongga "Manchester Siti" qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Kasadoning esa Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.
Fort uchun "Real Sosyedad" va Dortmundning "Borussiya" klubi da'vogarlik qilmoqda. Baldega "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgan bo'lsa, Kunde APL klublari radaridan joy olgan.
Ma'lumot o'rnida, "Barselona" La Ligadagi yangi mavsumni "Elche"ga qarshi o'yindagi yirik 5:0 hisobidagi g'alaba bilan boshladi.