Bugun
34
O'zbek

Grilish Manchesterdagi barda ichib, uxlab qoldi

Futbol
27 aprel, 16:15
"Everton" yarimhimoyachisi 18 yanvardan beri o'ynamayapti.
Grilish Manchesterdagi barda ichib, uxlab qoldi
Foto: Getty Images

"Everton" yarimhimoyachisi Jek Grilish do'stlari bilan uchrashuv paytida barda uxlab qoldi.

Aslida "Manchester Siti"ga tegishli bo'lgan va bu mavsumda mersisaydliklar safida ijarada harakat qilayotgan 30 yoshli ingliz futbolchisi 18 yanvardan buyon oyoq panjasi sinishi sabab o'ynamayapti. U shanba kuni soat 16:30 da Manchesterdagi Stories bariga kelgan. U alkogol ichimliklar iste'mol qilayotgan guruh bilan bo'lgan va bir soat o'tar-o'tmas uxlab qoldi.

Guvoh shunday deydi: "Do'stlari uni uyg'otishga harakat qildi. Ko'rinishidan alkogol uni yengdi".

The Sun eslatishicha, dekabr oyida futbolchi Londonda do'stlari uchun 20 000 funtlik bazm uyushtirgan va u striptiz-klubda yakunlangan.

Grilish bu mavsumda APLda 20 ta o'yinda 2 ta gol urib, 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Everton Everton
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar