Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda.
MOQ matbuot xizmati yozishicha, 27 avgust kuni Oʻzbekiston jamoasi musobaqadagi tarixiy medaliga sazovor boʻldi.
Yengil vaznli sportchilar oʻrtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev dueti oltin medal sohibiga aylandi.
Bu oʻzbekistonlik akademik eshkak eshuvchilarning kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatida qoʻlga kiritgan dastlabki oltin medali sifatida tarixda qoladi.
Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSH sportchilariga nasib etdi.
Oʻzbekiston ilk bor akademik eshkak eshish boʻyicha JCHda oltin medal qoʻlga kiritdi
Boshqa sportlar
28 avgust, 00:08
Tarixiy medalni Nurmatov — Safaraliyev juftligi taqdim etdi.
Foto: Olympic uz
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi