«Everton» Jek Grilishni klubga qaytarish bo‘yicha muzokaralarda ancha ilgariladi. Fabritsio Romanoning xabar berishicha, tomonlar ijara shartnomasi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda va jarayon ijobiy kechmoqda.
Grilish ham «Everton»ga qaytishni ustuvor variant sifatida ko‘rmoqda. Agar muzokaralar reja bo‘yicha davom etsa, transfer kelasi hafta boshida yakunlanishi mumkin.
30 yoshli futbolchi avvalgi mavsumda ham «Everton» safida ijara asosida to‘p tepgan edi. Klub uning qaytishidan manfaatdor bo‘lib, muzokaralarni yakunlashga harakat qilmoqda.