«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLS doirasida «Monreal»ga qarshi bahsda (7:1) poker qayd etdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu uning faoliyatida bir o‘yinda kamida 4 ta gol urgan sakkizinchi uchrashuv bo‘ldi.
39 yoshli futbolchi «Inter Mayami» safida ilk bor poker qayd etdi. Messining bundan oldingi pokeri 2020 yil 22 fevral kuni «Barselona» safida «Eybar»ga qarshi La Liga bahsida (5:0) qayd etilgandi.
Shuningdek, Messi «Monreal»ga qarshi uchrashuvda Luis Suaresning goliga ham assistentlik qildi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi