«Inter Mayami»ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Gilyermo Oyos jamoa boshqaruviga Kili Gonsales tayinlangani haqida fikr bildirdi.
«Gonsalesning tayinlanishi Lionel Messining g‘oyasi emas edi. Bu klubning qarori. Jamoaga juda mos keladigan murabbiy topildi. Bu mening shaxsiy fikrim.
Gonsales «Inter Mayami»ni yangi darajaga olib chiqishi mumkin. Buning uchun unda yetarlicha imkoniyat bor», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi ESPN.
Ma’lumot o‘rnida, Gonsales AQShda ishlash uchun ruxsat olganidan so‘ng o‘z vazifasini bajarishga kirishadi.