Bugun
112
O'zbek

«Beshiktosh» «Yuventus»dan Mirettini ijaraga oldi

Futbol
29 avgust, 02:55
23 yoshli futbolchining ijara shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
«Beshiktosh» «Yuventus»dan Mirettini ijaraga oldi
Foto: Besiktas JK

Turkiyaning «Beshiktosh» klubi «Yuventus» yarim himoyachisi Fabio Mirettini ijaraga oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

23 yoshli futbolchining ijara shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar amal qiladi. Transfer qiymati 2 million yevroni tashkil etadi. Yana 100 ming yevro qo‘shimcha xarajatlar sifatida belgilangan.

Shuningdek, kelishuvda «Beshiktosh»ning futbolchini to‘liq sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan. Ushbu bandni faollashtirish uchun turk klubi qo‘shimcha 13 million yevro to‘laydi.

Sotib olish badali faollashtirilgan taqdirda ushbu summa uch yil davomida bo‘lib to‘lanadi. Avvalroq Dushan Vlahovich «Beshiktosh»ga ko‘chib o‘tgani ma’lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Besiktas Besiktas
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar