«Vest Hem» hujumchisi Krisensio Sammervill faoliyatini Angliya Premyer-ligasining boshqa klubida davom ettirishi mumkin.
The Guardian xabariga ko‘ra, futbolchiga «Chelsi» va «Manchester Yunayted» anchadan buyon qiziqish bildirib kelmoqda. Endilikda ushbu klublar safiga «Fulhem» ham qo‘shildi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, «Vest Hem»ning Chempionshipga tushib ketgani sabab Sammervill yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2025/26 yilgi mavsumda Krisensio Sammervill barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ma'lumot uchun, futbolchining «Vest Hem» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.