Italiyaning «Komo» klubi «Chelsi» himoyachisi Trevo Chaloba transferi bo‘yicha yaxshilangan taklif bilan chiqishga tayyor.
Sky Sports xabariga ko‘ra, klub avval futbolchi uchun 25 million yevro taklif qilgan, biroq London jamoasi bu taklifni rad etgan. Endilikda «Komo» 30 million yevro va qo‘shimcha 5 million yevro bonuslarni o‘z ichiga olgan yangi taklifni taqdim etishni rejalashtirmoqda.
26 yoshli himoyachiga Milaning «Inter» klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Trevo Chaloba 2025/26 yilgi mavsumda «Chelsi» safida barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, ayni paytda Chaloba Angliya milliy jamoasi safida JCH-2026da ishtirok etmoqda. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 40 million yevroga baholagan.