Avvalroq, argentinalik futbolchi London klubini tark etmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi.
«Chelsi» yarimhimoyachisi Enso Fernandesning agenti Xaver Pastore mijozi jamoani tark etish niyatida ekanligini tasdiqladi.
«Hozirda biz «Chelsi»dan ketish variantlarini ko‘rib chiqmoqdamiz», - dedi Pastore.
Ma’lumot uchun, Enso Fernandes «Real»ga o‘tishga yaqin ekanligi xabar qilingandi.
Futbolchi shu kunlarda AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan jahon chempionati-2026da Argentina milliy jamosi safida to‘p tepmoqda va aynan mundial yakunlangach, uning kelajagi borasida savolga javob topilishi kutilmoqda.