Bugun
2
O'zbek

«MYU» Reshfordning maoshi jamoada ichki muammoga sabab bo‘lishidan xavotirda

Futbol
5 iyul, 11:47
Klub futbolchidan maoshini qisqartirishga rozi bo‘lishni so‘rashi mumkin.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«MYU» Reshfordning maoshi jamoada ichki muammoga sabab bo‘lishidan xavotirda
Foto: Getty Images

Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar berdi.

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshforddan, jamoaga to‘laqonli qaytish uchun, maoshini qisqartirishga rozi bo‘lishni so‘rashi mumkin. Sababi klub hozirda maoshlar tizimini takomillashtirish ustida ish olib bormoqda.

Amaldagi shartnomasiga ko‘ra Markus haftasida 325 ming £ (380 ming yevro) ishlab topadi.

Manbaning xabariga ko‘ra, «qizil iblislar»ga Reshford maoshi kamaytirilgan yangi bitimga imzo chekishi kerak bo‘lishi mumkin. Ta’kidlanishicha, «Manchester Yunayted» vakillari angliyalik futbolchining bunday maosh olishi jamoa ichida nizolar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkinligidan xavotirda. O‘z navbatida, bu holat qolgan o‘yinchilar ham maoshini kamida 28 yoshli vingerniki bilan tenglashtirishni so‘rashiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Reshford «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumni Markus ijarada Ispaniyaning «Barselona» klubida o‘tkazdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar