Bugun
16
O'zbek

Andrey Shipilov: "O'yinimizning ko'plab jihatlariga yaxshi ko'rinish berish uchun yetarli potensialga egamiz"

Eksklyuziv
4 iyul, 09:03
Qo‘qonliklar ustozi Tribuna.uz uchun hozirgi yig'in borasidagi savollarga javob qaytardi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Andrey Shipilov: "O'yinimizning ko'plab jihatlariga yaxshi ko'rinish berish uchun yetarli potensialga egamiz"
Фото: Қўқон-1912 ПФК

Ayni paytda klublar yozgi tayyorgarlik yig'inlariga zo'r berishgan va o'z rejalari asosida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil qilishgan. Jumladan, "Qo'qon-1912" jamoasi ham tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.

Ushbu klub hozirda musobaqa jadvalida 11 turdan so'ng 2 g'alaba, 5 durang va 4 mag'lubiyat qayd etib, 11 ochko bilan 14-pog'onani egallab turibdi.
Yil boshida klubga taklif qilingan bosh murabbiy Andrey Shipilov qo'l ostidagi jamoani hozirgi holatdan olib chiqish va yuqoriga ko'tarish uchun mashg'ulotlarda jiddiy ishlayapti.

Qo‘qonliklar ustozi Tribuna.uz uchun hozirgi yig'in borasidagi savollarga javob qaytardi.

- Andrey Sergeyevich, jamoangizning yozgi mashg'ulot yig'ini qanday o'tmoqda?

- O‘tgan iyun oyini Qo‘qonda o‘tkazdik. Ikki mahal mashg'ulot rejimida ishladik. Shuningdek, yugurish, trenajyor zalida ham shug'ullandik. Kechki mashg'ulotni maydonda tashkil qildik. Haftalik jarayonni nazorat uchrashuvlari bilan yopdik. Ikki marta ikki tomonlama o'zaro uchrashuv o'tkazdik. Keyin esa Qirg‘izistonning O‘sh shahridan kelgan klub bilan kuch sinashdik. Bundan tashqari, yaypanlik qo‘shnilarimiz bilan ham o'ynadik. Endi ikki hafta Toshkentda bo'lamiz va u yerda ikki uchrashuvni o'tkazish rejalashtirilgan. Tayyorgarlik ko'ryapmiz, hammasi oddiy ish rejimida ketmoqda.

- Rahimjon Davronov bilan bitim tuzildi. Ibrohim Yo'ldoshev ham mashg'ulot lagerida. Tarkibda qanday o'zgarishlar bo'lyapti?

- Bu futbolchilarni taklif qilishga erishdik. Umid qilamanki, ularning jamoaga foydasi tegadi.

- Ortda qolgan 11 turdan keyin qanday xulosaga keldingiz?

- 11 turni o'tkazdik. Albatta, bugungi kunga kelib musobaqa jadvalida egallab turgan o'rnimizdan ko'nglim to'lmayapti. Boz ustiga chempionat boshida biroz omadimiz chopmadi. Ikkita o'yinni istisno qilganda biz deyarli kurashsiz hech kimga yengilmadik. 6 turni mag'lubiyatsiz o'tkazdik va yaxshi futbol namoyish qildik. Bu real tarzda imkoniyatlarimizni ifodalab beradi.

- Qaysi pozitsiya sizni ko'proq o'ylantiryapti?

- Har doim ko'prog'ini istaysan. Bir-biriga muqobil ikkita teng tarkibni xohlab qolarkansan. Lekin klubning imkoniyatlari cheksiz emas. Shuni inobatga olish kerak. Ixtiyorimizda bor futbolchilar bilan o'yinimizni yaxshilashga harakat qilamiz.

- Yozgi mashg'ulot lageridan so'ng jamoangiz o'yini qanchalik o'zgaradi?

- Jamoa hujum paytidagi vaziyatlardan samarali foydalanishi kerak. Shu bilan birga o'yinlarga har tomonlama mas'uliyat bilan yondashishi maqsadga muvofiq bo'lardi. O'yinimizning ko'plab jihatlariga yaxshi ko'rinish berishimiz uchun yetarli potensialga egamiz. Hujumda ham, himoyada ham yaxshi harakatlanish zarur. Buning uchun ko'p mehnat qilish kerak bo'ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qo'qon-1912 Qo'qon-1912
Bugungi yangiliklar