Bangladeshda 2026 yilgi Jahon chempionati bilan bevosita yoki bilvosita bog'liq bo'lgan kamida 12 ta o'lim holati qayd etildi.
38 yoshli Md Shariful Islom Argentina — Misr (3:2) bellashuvi vaqtida boshqa muxlislar bilan yuz bergan janjaldan so'ng vafot etgan. Veloriksha haydovchisi bo'lgan Islom choyxonada o'yin tomosha qilayotgan paytda Lionel Messining urilmagan penaltidan kulib yuborgan va natijada unga «Argentina muxlislari» hujum qilgan. Islom Braziliya milliy jamoasi muxlisi sanalgan.
«Futbol deb insonni qanday qilib o'ldirish mumkin? Mening ikki nafar qizim bor. Endi ular kimni dada deb chaqirishadi? Qizlarim yetim qoldi. Turmush o'rtog'imni o'ldirganlar eng qattiq jazoga tortilishini istayman», — dedi uning rafiqasi Byuti Begum.
Mamlakatning turli hududlarida odamlar kaltaklashlar, pichoqlash hujumlari, elektr tokidan zararlanish va yo'l-transport hodisalari oqibatida halok bo'lgan.
Ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko'ra, Fayaz Tajrian Argentina — Misr o'yinini tomosha qilish uchun ketayotganida mototsikldagi avariyada vafot etgan. Mustafo Qazi futbol haqidagi tortishuv vaqtida sovuq qurol bilan o'ldirilgan. Mahidul Islom bayram qilish vaqtida uning ustiga futbol darvozasi qulashi oqibatida halok bo'lgan.
Habiganj shahrida esa mahalliy futbol o'yinidan keyin Braziliya va Argentina muxlislari o'rtasidagi to'qnashuvlarda yana o'nlab odamlar jarohat olgan.
Ma'lumot uchun, 2022 yilgi Jahon chempionati vaqtida ham Bangladeshda muxlislar guruhlari o'rtasidagi to'qnashuvlar natijasida 23 kishi halok bo'lgan.
Bangladeshda Messi urolmagan penaltidan so'ng kulib yuborgan muxlis o'ldirildi
Futbol
16 iyul, 23:45
Braziliya muxlisi sanalgan 38 yoshli Islom Argentinaga ishqibozlik qiluvchilar tomonidan kaltaklab o'ldirilgan.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi