«Mash'al» yozgi transferlar davrida tarkibini kuchaytirmoqda.
Muborak klubi serbiyalik markaziy himoyachi Straxinya Boshnyak bilan 2026 yil mavsumi yakuniga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.
27 yoshli futbolchi 1999 yil 18 fevralda Serbiyaning Kralyevo shahrida tug'ilgan. U 1,84 metr bo'yga ega bo'lib, chap oyoqda o'ynaydi. Asosiy pozitsiyasi — markaziy himoyachi. Straxinya Serbiya hamda Bosniya va Hersegovina fuqaroligiga ega.
Boshnyak futbolchilik faoliyatini OFK «Belgrad» akademiyasida boshlagan, keyinchalik Serbiyaning mashhur «Partizan» akademiyasida tahsil olgan. Katta futbolda esa «Partizan», «Voydovac», «Jarkovo», «Radnichki», Italiya «Gravina» hamda so'nggi marta Serbiyaning «Dubochitsa» (Leskovats) klublari safida to'p tepgan.

Himoyachi Serbiyaning turli yosh toifasidagi jamoalarida ham muntazam o'ynagan. U U-16, U-17, U-18 va U-19 jamoalarida jami 40 dan ortiq bahsda ishtirok etgan, U-21 jamoasi safida esa 1 ta rasmiy o'yinda maydonga tushgan.
Shuningdek, klub rossiyalik darvozabon Vladislav Rusanov bilan ham shartnomasi imzoladi.
24 yoshli posbon 2001 yil 1 avgust kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tug'ilgan. Uning bo'yi 2,00 metr bo'lib, darvozabon pozitsiyasida harakat qiladi. Faoliyati davomida Belarusning «Energetik-BGU» hamda Rossiyaning «Leon Saturn» jamoalarida harakat qilgan. So'nggi ikki yarim mavsumda «Leon Saturn» safida 50 dan ortiq rasmiy o'yinda maydonga tushgan.
Maʼlumot uchun, “Mashʼal” Superligada oʻtgan 11 ta turda birorta ochko olmadi va soʻnggi oʻrinni egallab turibdi. Jamoa avvalroq Sergey Lushanni bosh murabbiy etib tayinlagandi.