Bugun
18
O'zbek

"Liverpul" Soboslai bilan yangi shartnoma imzoladi

Futbol
17 iyul, 12:33
25 yoshli futbolchi 2023 yil yozidan beri "Liverpul" klubi safida to'p tepib keladi.
"Liverpul" Soboslai bilan yangi shartnoma imzoladi
Фото: Liverpool

"Liverpul" yarimhimoyachisi Dominik Soboslai klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Qayd etilishicha, kelishuv 5 yilga mo'ljallangan. Futbolchining maoshi ham oshirildi.

Vengriyalik 25 yoshli futbolchi 2023 yil yozidan beri "Liverpul" klubi safida to'p tepib keladi.

"Bu mening futbol hayotimdagi eng yaxshi uchta voqealardan biri. Bundan yuqori turadigan faqat ikkita holat bor — "Liverpul" bilan [ilk] shartnoma imzolaganim va farzandimning dunyoga kelishi", — dedi Soboslai klub rasmiy saytiga.

O'tgan mavsum u "qizillar"da safida barcha turnirlar doirasida 53 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 12 ta assistni qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar