Live
6
O'zbek

"Real" Kundega jiddiy qiziqish bildirmoqda

Futbol
16 fevral, 05:15
"Barsa" 60–80 mln yevro atrofida taklif tushsa, transfer variantini ko'rib chiqishga tayyor.
"Real" Kundega jiddiy qiziqish bildirmoqda
Foto: FC Barcelona

"Barselona" himoyachisi Jül Kunde yozgi transferlar oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin. "Real" fransiyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Topskills Sports UK xabar berdi.

Hozirda Kunde kataloniyaliklar uchun muhim o'ringa ega futbolchi sifatida qaralmoqda. Biroq klubga 60–80 million yevro atrofida taklif tushsa, "ko'k-anorranglilar" transfer variantini ko'rib chiqishga tayyor. Shuningdek, himoyachiga "Chelsi" ham qiziqish bildirmoqda.

Kundening "Barselona" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Bu mavsum 27 yoshli futbolchi barcha musobaqalar doirasida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta assistga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali uning narxini 65 million yevro deb baholamoqda. Avvalroq "Barselona" yarimhimoyachisi yozda klubni tark etishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Bugungi yangiliklar