"Barselona" yarimhimoyachisi Mark Kasado yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.
Bosh murabbiy Hans-Diter Flik 22 yoshli futbolchining o‘yini va maydondagi fidoyiligidan mamnun. Klub rahbariyati ham ispan xavbekning salohiyatini yuqori baholamoqda.
Shunga qaramay, "Barselona" yozda futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Jamoada yarimhimoyachilar yetarlicha ekani bois sotuv ehtimoli ancha yuqori deb baholanmoqda.
Transfermarkt portali Markning narxini 25 million yevro deya baholamoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Avvalroq "Atletiko" Kasadoni sotib olmoqchi ekani ma'lum qilingan edi.