«Al Hilol» hujumchisi Karim Benzema faoliyatini yana La Ligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda ElGolDigital xabar berdi.
Saudiya klubi «Aston Villa» hujumchisi Olli Uotkins bilan kelishuvga erishgani sababli 38 yoshli fransiyalik futbolchini qo'yib yuborishga tayyor. Qayd etilishicha, Benzemani «Betis» o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Katta ehtimol bilan sevilyaliklar «Real» sobiq yulduzi «Al Hilol» bilan shartnomasini bekor qilib, erkin agentga aylangan taqdirdagina muzokaralarni boshlaydi.
Avvalroq «Trabzonspor» Benzema bo'yicha muzokaralarni boshlagani ma'lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi