«Al Hilol» «Aston Villa» hujumchisi Ollie Uotkins transferi bo‘yicha ingliz klubiga rasmiy taklif yubordi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Saudiya klubi bonuslarni hisobga olgan holda transfer uchun jami 45 million yevro taklif qilgan. Uotkinsning o‘zi «Al Hilol»ga o‘tishga qiziqish bildirmoqda.
«Aston Villa» avval Saudiya klubining futbolchi bo‘yicha yuborgan ikkita taklifini rad etgandi. Endilikda esa «Al Hilol»ning rasmiy taklifi klub stolida turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Ollie Uotkins 2020 yildan buyon «Aston Villa» safida to‘p tepmoqda.