Live
2
O'zbek

«Barselona» Livakovichni sotib olishga yaqin

Futbol
20 avgust, 07:24
Kataloniya klubi xorvatiyalik kiperni sotib olib, darhol ijaraga berib yubormoqchi.
«Barselona» Livakovichni sotib olishga yaqin
Foto: Gettyimages

Marca nashrining xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar Xorvatiya milliy jamoasi asosiy posboni Dominik Livakovich bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Turkiyaning «Fenerbahche» klubi bilan muzokaralar ancha ijobiy ruhda kechmoqda, lekin hali yakuniy kelishuvga erishilganicha yo‘q.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, ispanlar 1-sentyabrgacha transferni rasmiylashtirib, Livakovichni bir yilga asosiy tarkibda to‘p tepadigan biror jamoaga ijaraga berib yubormoqchi. 2026/2027-yilgi mavsumda «Barselona»ning ikki posboni sifatida Joan Garsiya va Voysex Shensni qolaveradi.

Xorvatiyalik darvozabon jamoa tarkibiga keyingi yil yozda kelib qo‘shiladi. Aynan o‘shanda polshalik Voysex Shensnining shartnomasi yakuniga yetadi va xorvatiyalik asosiy golkiper Joan Garsiyaning o‘rinbosariga aylanadi.

Ta’kidlanishicha, Livakovichning transferi kataloniyaliklarga 3 - 5 mln yevroga tushadi.

Bugungi yangiliklar