UEFA Chempionlar ligasi 2026/2027 yilgi mavsumining pley-off bosqichidagi javob o'yinlaridan uchtasi yakunlandi. Ularning natijasiga ko'ra, turnirning asosiy bosqichiga chiqqan yana uchta jamoa aniqlandi.
Asosiy bosqichda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan jamoalar:
LASK (Avstriya) "Seltik"ni (Shotlandiya) umumiy 5:4 (0:3, 5:1) hisobida mag'lub etdi;
"Budyo-Glimt" (Norvegiya) — "NEK Neymegen"ni (Niderlandiya) umumiy 6:1 (3:1, 3:0) hisobida taslim qildi;
"Sabah" (Ozarboyjon) — "Hapoel"ni (Isroil) umumiy 7:4 (1:2, 5:2) hisobida mag'lub etdi.
Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga chiqqan jamoalar:
Angliya: "Arsenal", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Aston Villa", "Liverpul".
Ispaniya: "Barselona", "Real", "Vilyarreal", "Atletiko", "Betis".
Italiya: "Inter", "Napoli", "Roma", "Komo".
Germaniya: "Bavariya", "Borussiya" Dortmund, "Leyptsig", "Shtutgart".
Fransiya: "PSJ", "Lans", "Lill".
Niderlandiya: PSV, "Feyenoord".
Portugaliya: "Portu", "Sporting".
Belgiya: "Bryugge".
Chexiya: "Slaviya".
Turkiya: "Galatasaroy".
Ukraina: "Shaxtyor".
Norvegiya: "Budyo-Glimt".
Ozarboyjon: "Sabah".
Avstriya: LASK.
Bugun, 26 avgust kuni saralash bosqichining so'nggi o'yinlari bo'lib o'tadi va "Lion" — "Fenerbahche", "Viking" — "Dinamo" Z, AEK — "Levski", "Sele" — "Slovan" bahslaridan keyin oxirgi 4 yo'llanma egasi aniqlanadi.
YChL. Asosiy bosqichda qatnashadigan 36 jamoaning 32 tasi ma'lum
Futbol
26 avgust, 04:27
Bugun so'nggi 4 yo'llanma egasi aniqlanadi.
Foto: Champion league
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi