Live
12
O'zbek

Jerrard: «Liverpul»ga jangovarlik yetishmayapti»

Futbol
30 avgust, 08:40
«Qizillar» sobiq futbolchisi jamoadagi muammolar haqida fikr bildirdi.
Jerrard: «Liverpul»ga jangovarlik yetishmayapti»
Foto: Getty Images

«Liverpul» sobiq futbolchisi Stiven Jerrard «Nottinghem Forest»ga qarshi o‘yindan so‘ng jamoadagi muammolar haqida fikr bildirdi. APLning 2-turidan o‘rin olgan «Enfild»dagi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

«Menimcha, «Liverpul» juda bo‘sh o‘ynayapti. Jamoaga jangovarlik yetishmayapti. Ular to‘pni olib qo‘yish uchun kam harakat qilishyapti va yakkama-yakka kurashlarning ko‘pchiligida g‘alaba qozona olishmayapti.

Jamoa juda bo‘sh. Murabbiy buni o‘zgartirishi, «Liverpul» futbolchilarini yanada agressivroq o‘ynashga majbur qilishi kerak», — dedi Jerrard TNT Sports nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot o‘rnida, Angliya chempionatining yangi mavsumida «Liverpul» ikki uchrashuvda bor-yo‘g‘i ikki ochko jamg‘ardi. Mersisaydliklar «Nyukasl» (2:2) va «Nottinghem Forest» (2:2) bilan durang o‘ynadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar