Live
2
O'zbek

«Navbahor» avgust oyidan Namangandagi «Markaziy» stadionga qaytadi

Futbol
22 iyul, 05:00
Chimi yangilangan stadidagi ilk o‘yin 2 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
«Navbahor» avgust oyidan Namangandagi «Markaziy» stadionga qaytadi
Foto: UzPFL
02.08.2026, 11:00 O‘zbekiston Superligasi Navbahor Namangan Navbahor Namangan - : - Xorazm Xorazm

Namangandagi «Markaziy» stadionni Superliga talablariga moslashtirish ishlari yakuniga yetdi. Endilikda «Navbahor» avgust oyidan boshlab uy uchrashuvlarini o‘z shahrida o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deb xabar beradi PFL matbuot xizmati.

«Bunga qadar Temur Kapadze shogirdlari uy uchrashuvlarini Toshkentdagi «Olimpiya» stadionida o‘tkazib kelayotgan edi. Mavsum startidan boshlab «Navbahor» Superliga doirasidagi besh uchrashuvni Olimpiya stadionida o‘tkazib, umumiy hisobda 7 ochko jamg‘arishga erishdi. Mazkur stadidagi hisob bo‘yicha oltinchi o‘yin 23 iyul kuni «Qizilqum»ga qarshi o‘tishi rejalashtirilgan.

4 iyul kuni Liga mutaxassislari Namanganda bo‘lib, stadionda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha ishlarni belgilab bergandi. 20 iyul kuni «Markaziy» stadion qayta monitoringdan o‘tkazildi va u rasmiy uchrashuvlarni qabul qilish uchun tayyor deb topildi. Shundan kelib chiqib, 2 avgust sanasiga rejalashtirilgan «Navbahor» — «Xorazm» uchrashuvi bilan namanganliklar o‘z stadioniga qaytish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, ayni vaqtda «Markaziy» stadionda kabellash ishlari davom etmoqda. Tez orada Namangandagi stadion mazkur masalada vodiyda «Istiqlol»dan keyin kabellashgan ikkinchi stadionga aylanishi kutilmoqda.

Izoh. «Markaziy» stadion chimi to‘liq yangilangan. Biroq iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, unda sentyabr oyining yakuniga qadar, ya'ni, maysa o‘zini to‘liq tiklab olgungacha ayrim muammolar ko‘zga tashlanishi mumkin. Bunday holat avvalroq «Bobur arena» stadioni chimi bilan ham kuzatilgan bo‘lib, keyinchalik issiq havo massasi chekinib borishi hamda muntazam parvarish natijasida maysa o‘zini to‘liq tiklab olgandi», — deyiladi xabarda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • Xorazm Xorazm
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar