«Surxon» klubi ketma-ket ikkita uy oʻyinini raqib maydonida oʻtkazadigan boʻldi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.
Superliga 13-turidan oʻrin olgan «Surxon» — «Dinamo» uchrashuviga mezbonlik qilishi lozim boʻlgan stadion «Surxon» klubi tomonidan Superliga reglamenti boʻyicha oʻz vaqtida taqdim etilmagandan kelib chiqib, Samarqanddagi «Dinamo» stadioniga koʻchirilgandi. Vaholanki, «Surxon» klubi bunga qadar Termizda raqiblarini qabul qila olmasligi yuzasidan Ligaga rasmiy murojaat yoʻllagandi.
Mazkur holat «Surxon»ning qatorasiga ikkinchi uy uchrashuvi masalasida ham takrorlandi. Superliga 16-turidan oʻrin olgan «Surxon» — «Navbahor» uchrashuvi sanasiga allaqachon 20 kundan kam vaqt qolgan boʻlsa-da, «Surxon» hozirga qadar oʻz uy oʻyinlarini oʻtkazishi lozim boʻlgan stadion nomini Ligaga taqdim etmadi. Shu holat hamda Namangandagi stadion mavsumga tayyor ekanligidan kelib chiqib, Liga «Surxon» — «Navbahor» uchrashuvini raqib maydonida oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilishga majbur boʻldi.
Ma'lumot uchun, avvalroq Termizdagi stadion nima sababdan bunday holatga kelganligi Liga tomonidan alohida oʻrganilishi ma'lum qilingandi. Ayni vaqtda Liganing stadionlar boʻyicha tegishli mutaxassislari Termizda boʻlib turibdi. Ishchi guruh xulosasi boʻyicha keyinroq rasmiy ma'lumot taqdim etiladi», — deyiladi PFL xabarida.
«Surxon» — «Navbahor» oʻyini Namanganda oʻtkaziladi
Futbol
22 iyul, 07:20
Bungacha Termiz klubining «Dinamo»ga qarshi uy oʻyini ham mehmon jamoa stadionida oʻtkazilishi xabar qilingandi.
Foto: FC Navbahor
07.08.2026, 11:00
O‘zbekiston Superligasi
Surxon
-
:
-
Navbahor Namangan