Bugun
17
O'zbek

Skaloni JCH finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng muxlislarga murojaat qildi

Futbol
28 iyul, 03:53
Argentina bosh murabbiyi Ispaniyadan uchralgan mag‘lubiyat uchun uzr so‘radi.
Skaloni JCH finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng muxlislarga murojaat qildi
Foto: Getty Images

Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni jahon chempionati finalida Ispaniyaga mag‘lub bo‘lgach, muxlislarga murojaat yo‘lladi.

Mutaxassis ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida jamoa yana bir bor chempionlikni qo‘lga kirita olmagani uchun uzr so‘radi va futbolchilarining fidoyiligini alohida e’tirof etdi.

«Sizlarga yana bir kubokni olib kela olmaganimiz va yangi quvonch ulasha olmaganimiz uchun uzr so‘rayman. Ammo men sizlardan ushbu futbolchilar guruhining — mening jangchilarimning — maydondagi mehnati, ishonchi va oxirigacha kurashganini eslab qolishingizni istayman. Mana shu haqiqiy sovrindir», — dedi Skaloni.

Murabbiy, shuningdek, murabbiylar shtabi, futbolchilar, Argentina futbol assotsiatsiyasi xodimlari va muxlislarga ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati finalida qo‘shimcha bo‘limlarda Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

50+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar