Hozirda televideniyeda ekspert sifatida faoliyat olib borayotgan Angliya milliy jamoasi va «Manchester Yunayted» sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Londonning «Chelsi» jamoasi «qizil iblislar»ning sobiq hujumchisi Danni Uelbek xizmatlariga qiziqib qolganini e’tiborsiz qoldirmadi.

«Ularning taklifini rad etib, uyga qayt. Yangi mavsumda «MYU» UYEFA Chempionlar Ligasida to‘p tepadi», - dedi afsonaviy himoyachi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida.
Ta’kidlab o‘tamiz, Angliya premer-ligasi o‘tgan mavsumida 35 yoshli Uelbek «Brayton» safida 37 o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma yetkazib berdi. Bundan tashqari forvard 5 bor sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi.