Toshkentdagi «Olimpiya shaharchasi»da sohil voleyboli bo'yicha «CAVA Beach Volleyball Championship» musobaqasi yakuniga yetdi.
Turnirda ishtirok etgan O'zbekiston ayollar jamoalari oltin va bronza medallariga sazovor bo'ldi. Birinchi jamoa finalda Qirg'izistonni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bronza medali uchun kechgan O'zbekistonning ikkinchi va uchinchi jamoalar o'rtasidagi bahsda ikkinchi jamoa ustun keldi.
Ayollar:
🥇 O'zbekiston (1)
🥈 Qirg'iziston
🥉 O'zbekiston (2)
Erkaklar o'rtasidagi bahslarda esa Eron zafar quchdi.
Erkaklar:
🥇 Eron (1)
🥈 Qozog'iston
🥉 Eron (2)
Sohil voleyboli. O'zbekiston ayollar jamoasi «CAVA Beach Volleyball Championship» turnirida g'olib bo'ldi
Boshqa sportlar
29 iyul, 11:09
Turnir Toshkentda bo'lib o'tdi.
Foto: Olympic uz