"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Stegеnning "Ayaks"ga ijara asosida o'tishi haligacha yakunlanmagan. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.
Qayd etilishicha, ter Stegеnning "Ayaks"ga transferi maosh taqsimoti va soliq masalalari sabab kechikmoqda. Shunga qaramay, barcha masalalar yaqin kunlarda hal qilinishi va transfer rasmiy e'lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumning ikkinchi qismida germaniyalik posbon "Jirona" safida ijara asosida o'ynagandi. Biroq u olgan jarohati tufayli jamoa tarkibida deyarli maydonga tushmagan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi