Live
2
O'zbek

Arokodare "Vulverhempton"dan "Ayaks"ga o'tdi

Futbol
31 iyul, 08:00
Nigeriyalik hujumchi yangi mavsumni Amsterdam klubida o'tkazadi.
Arokodare "Vulverhempton"dan "Ayaks"ga o'tdi
Foto: Ajax

"Ayaks" "Vulverhempton" hujumchisi Toluvalase Arokodareni o'z safiga qo'shib olganini rasmiy e'lon qildi.

Nigeriyalik futbolchi 2026/27 yilgi mavsumda Amsterdam klubida ijara asosida to'p tepadi. Shartnomada uni 22 million yevroga to'liq sotib olish imkoniyati ham ko'zda tutilgan.

Avvalroq 25 yoshli forward "Trabzonspor"ga o'tish arafasida ekani xabar qilingandi. "Vulvz" turk klubining taklifini qabul qilgan, ammo futbolchi "Fiorentina"ga o'tishni xohlagan va norozilik sifatida mashg'ulotlarni boykot qilgan.

Arokodare 2025/26 yilgi Angliya Premyer-ligasi mavsumida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgani va yana 1 ta golga assistentlik qilgani.

Hujumchi faoliyati davomida "Genk", "Amien" va "Kyoln" klublarida ham harakat qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ayaks Ayaks
  • Vulverempton Vulverempton
  • Niderlandiya Eredivizioni Niderlandiya Eredivizioni
Bugungi yangiliklar