Janni Infantinoning katta maslahatchisi Karlos Kordeyro FIFA prezidentining Jahon chempionati huquqlarining bir qismini sotish rejalariga norozilik bildirib, iste'foga chiqdi.
«FIFA prezidentining katta maslahatchisi, sobiq bankir va sodiq futbol muxlisi sifatida men FIFA Jahon chempionatidagi ulushni sotish masalasini ko'rib chiqayotgan bir paytda chetda tura olmayman. Aniq qilishni xohlayman: bu taklifga hech qanday aloqam yo'q va unga qat'iy qarshiman. Bu FIFA'ga a'zo assotsiatsiyalar, futbol va uning uzoq muddatli kelajagi uchun yomon kelishuvdir.
Futbol har doim hayotimning markazida bo'lib kelgan. Bank sohasida 35 yildan ortiq ishlaganimdan so'ng bu aktivning qiymatini ham, uning qisman boshqa tomonlarga o'tkazilishi qanday oqibatlarga olib kelishini ham tushunaman. Shuning uchun ushbu taklif rad etilishi kerak.
FIFA allaqachon ulkan moliyaviy imkoniyatlarga ega. Tashkilotning milliardlab dollar zaxira mablag'lari bor va qarzi yo'q. FIFA prezidentining o'zi 2022 yildan 2026 yilgacha bo'lgan davrda 15 milliard dollar daromad olinganini ma'lum qilgan. Agar a'zo assotsiatsiyalar futbolni rivojlantirish uchun qo'shimcha investitsiyalar zarur deb hisoblasa, FIFA bu yordamni mavjud resurslari hisobidan amalga oshirish uchun yetarli moliyaviy imkoniyatlarga ega.
Shunday sharoitda futbolning eng qimmatli aktivida doimiy ulushni 4,2 milliard dollar olish uchun sotish mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Bu futbol kelajagini hech qanday asosli sabablariz garovga qo'yish bilan barobar.
Bunday iqtisodiy muvaffaqiyat tasodifan yuzaga kelmagan. U FIFA’ning tijoriy rekordlarini yangilagan tajribali futbol mutaxassislari tomonidan yaratilgan. Shunga qaramay, hozir FIFA yanada katta qiymat yaratish uchun tashqi investorlarni jalb qilish zarurligiga ishonmoqda. Men bu taklifni qabul qilmayman. Bu muvaffaqiyatga erishgan insonlar FIFA futbolni ham, uning tijoriy kelajagini ham rivojlantirish uchun yetarli tajribaga ega ekanini allaqachon isbotlagan.
Eng xavotirli jihat — asosiy savollarga javob yo'qligi. Nega aynan bu kelishuv? Nega aynan hozir? Qanday nazorat mexanizmi mavjud? Bundan kim manfaat ko'radi? Tanlov asosida saralov o'tkazildimi? Qanday boshqaruv tizimi joriy qilinadi? Investorlar oxir-oqibat nima oladi va bu futbol uchun qanday narxga tushadi?
Bu savollar hali ham javobsiz qolmoqda. Shunga qaramay, FIFA tashkilotga a'zo assotsiatsiyalardan 50 kun ichida ulkan ahamiyatga ega qaror qabul qilishni talab qilmoqda, aks holda ular ortda qolish xavfi bor. Bu jahon futboli kelajagini belgilashning mas'uliyatsiz usulidir.
Bu taklif FIFA kelajagi uchun hal qiluvchi masalaga aylandi. Chuquq o'rganib chiqib, men endi FIFA prezidentining katta maslahatchisi sifatida ishni davom ettira olmayman. Shu sababli iste'foga chiqish qarorini qabul qildim va u darhol kuchga kirdi.
FIFA’ning vazifasi har qanday narx evaziga tijoriy foydani maksimal darajaga yetkazish emas. Uning vazifasi — kelajak avlodlar uchun futbolni himoya qilish va mustahkamlash. Bu tamoyillar to'qnash kelganda, birinchi o'rinda futbol turishi kerak.
Men uchun besh yildan ortiq vaqt davomida FIFA’ga xizmat qilish va futbol taqdiriga befarq bo'lmagan, sadoqatli va printsipial insonlar bilan yonma-yon ishlash katta sharaf bo'ldi. Umid qilaman-ki, ular ham o'z fikrlarini bildiradilar, chunki bunday ko'lamdagi qarorlar foyda oluvchilar tomonidan qabul qilinmasligi kerak», — dedi Kordeyro Sky News nashriga.
"Savollarga javob yo'q" — Infantinoning maslahatchisi undan norozi bo'lib, iste'fo berdi
Futbol
31 iyul, 09:17
Kordeyro FIFA'ning JCh huquqlarini sotish bo'yicha rejalarini keskin tanqid qilib, shunchaki qarab turolmasligini aytdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi