Luka Koliosho ijara muddati tugaganidan keyin ham faoliyatini «Parij»da davom ettiradigan bo'ldi.
Fransiya klubi vingerni «Byornli»dan to'liq sotib olganini rasmiy e'lon qildi. 21 yoshli futbolchi bilan 2031 yil yozigacha amal qiladigan shartnoma imzolandi.
L’Equipe ma'lumotiga ko'ra, parijliklar iyun oyida Italiya milliy jamoasida debyut qilgan Koliosho uchun bonuslarni bilan birga 10-15 million yevro to'lashgan.
O'tgan mavsumda Koliosho Fransiya yuqori divizionida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.
«Parij» «Byornli»dan Koliosho transferini e'lon qildi
Futbol
31 iyul, 07:23
21 yoshli vinger to'liq parijliklar a'zosiga aylandi.
Foto: FC Paris