Live
2
O'zbek

Sındarov va Gukesh oʻrtasida jahon toji uchun kechadigan chempionlik bahsiga Jeneva mezbonlik qiladi

Boshqa sportlar
31 iyul, 07:02
Bellashuvlar 25 noyabrdan 15 dekabrgacha boʻlib oʻtadi.
Sındarov va Gukesh oʻrtasida jahon toji uchun kechadigan chempionlik bahsiga Jeneva mezbonlik qiladi
Foto: Getty Images

2026 yildagi FIDE Jahon chempionati uchrashuvi amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju hamda daʼvogar Javohir Sindarov oʻrtasida 25 noyabrdan 15 dekabrgacha Shveytsariyaning Jeneva shahrida boʻlib oʻtadi, deb xabar beradi UzChess Federation.

Musobaqa boshlanishi vaqtida har ikki shaxmatchi ham 20 yoshda boʻladi. Shu tariqa ushbu bahs jahon chempionati tarixidagi eng yosh ishtirokchilar oʻrtasidagi chempionlik matchi sifatida tarixga kiradi.

Maʼlumot uchun, chempionlik oʻyinining minimal sovrin jamgʻarmasi 2,5 million dollarni tashkil etadi. Bahs 14 ta partiyadan iborat boʻladi. Agarda qaysidir tomon gʻolib chiqish uchun 7,5 ochko jamgʻara olsa, muddatidan oldin chempionlikni qoʻlga kiritadi.

Eslatib oʻtamiz, amaldagi jahon chempioni sanalgan Dommaraju 2024 yil dekabr oyida Singapurda boʻlib oʻtgan jahon shaxmat toji uchun oʻyinda xitoylik Din Lijenni magʻlub etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgandi.

Sindarov esa Kiprning Pafos shahrida boʻlib oʻtgan 2026 yildagi daʼvogarlar turnirida muddatidan oldin gʻalabaga erishgan.

Bugungi yangiliklar