Kilian Mbappe Fransiya milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi qo'l ostida ham jamoa sardori bo'lib qoladi. Bu haqda Le Parisien xabar berdi.
Bugun, 28 iyul kuni Fransiya futbol federatsiyasi matbuot anjumani o'tkazadi. Unda federatsiya prezidenti Filipp Diallo milliy jamoaning yangi bosh murabbiyi nomini e'lon qiladi.
Qayd etilishicha, bu lavozimga Zinedin Zidan tayinlanadi. Zidan milliy jamoada o'z uslubi va g'oyalarini joriy etishni rejalashtirmoqda.
U tarkibga yangi futbolchilarni jalb qilishni istasa-da, Kilian kabi yetakchilarga ham tayanish niyatida. Zidan Mbappeni uzoq yillardan beri yaxshi taniydi.
Qolaversa, 27 yoshli hujumchi sardorlik bog'ichini o'zida saqlab qoladi. 54 yoshli mutaxassis Kilianni jamoa sardori sifatida ko'rishni istaydi, chunki ular bir-biriga yuqori baho beradi va doimo o'zaro hurmatda bo'lib kelgan.
Avvalroq Mbappe mundiallar tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylangani ma'lum qilingan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi