Afrika futbol konfederatsiyasi (KAF) JCH huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish rejasi sabab bosim ostida qolgan FIFA prezidenti Janni Infantinoni qo'llab-quvvatladi.
"KAF FIFA prezidenti Janni Infantino va bosh kotib Mattias Grafströmnning qo'shma bayonotini olqishlaydi va qo'llab-quvvatlaydi. KAF Afrika futbolini rivojlantirishga asosiy e'tiborini qaratishda davom etadi, federatsiya amaldagi boshqaruv va shaffoflik tamoyillariga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi", — dedi KAF prezidenti Patris Motsepe.
Shuningdek, KAF ijroiya qo'mitasi bir ovozdan Infantinoni qo'llab-quvvatlagani va Afrika futboliga ko'p yillardan beri ko'rsatib kelayotgan yordami uchun minnatdorchilik bildirgani qayd etilgan. Alohida minnatdorchilik muvaffaqiyatli deb topilgan JCH-2026 turnirini tashkil etgani uchun bildirildi.
Avvalroq Infantino Jahon chempionatining tijoriy huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish tashabbusi bilan chiqqan, biroq keskin tanqidlardan so'ng bu g'oyadan voz kechgan edi.