"Barselona" forvardi Ferran Torresning yaqinda bergan bayonoti uning klubdan ketishiga turtki bo'lishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
26 yoshli futbolchi "PSJ"ning o'ziga qiziqishini "yaxshi belgi" deb atadi. Shuningdek, u "ko'k-anorranglilar" uni jamoada olib qolishni istasa, tezroq harakat qilishi kerakligiga ishora qildi.
Qayd etilishicha, "Barselona" rahbariyati hujumchining bu so'zlarini klubni tark etish istagiga ochiq ishora sifatida qabul qilgan. Endi kataloniyaliklar Torres bo'yicha aniq takliflarni kutmoqda.
Hozirda Ferran uchun asosiy da'vogar sifatida "PSJ" ko'rilmoqda. "Barselona" rahbariyati esa futbolchi uchun parijliklar katta mablag' taklif qilishini kutyapti.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi