Yarimhimoyachi Frank Kessiening «Yuventus»ga erkin agent sifatida transferi amalga oshmay qolishi mumkin.
Avvalroq, turinliklar Kot-d’Ivuar milliy jamoasi 29 yoshli xavbekiga yiliga 3,5 mln yevro taklif qilgani va bu summani oshira olmasligi aytilgandi. «Roma» ham futbolchi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Janluka Di Marsio xabarlariga ko‘ra, Kessie «Yuventus»ga shartnoma shartlari borasida kelisha olmagani tufayli klub bilan shartnoma imzolamasligini ma’lum qilgan.
Fabritsio Romano Sky tayanib xabar berishicha, muzokaralarda muammo bitimning uchinchi yili bo‘lgan – qanday holatda shartnoma uchinchi yilga uzaytirilishi, ana shu yilda futbolchining maoshi qancha bo‘lishi borasida aniq kelishuv bo‘lmagan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Frank «Al Ahli» safida Saudiya Arabistoni chempionati dorasidagi 26 o‘yinda 5 ta gol urdi va 3 ta assist yetkazib berdi. JCH-2026da yarimhimoyachi 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.