«Vulverhempton» qanot hujumchisi Mateus Mane yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin edi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchini «Liverpul» va «Manchester Yunayted» o‘z safiga qo‘shib olishga uringan, biroq «bo‘rilar» har ikki taklifni rad etgan. Klub ayni bosqichda Mane sotilmasligini aniq bildirgan.
Qayd etilishicha, Manening o‘zi rahbariyatdan ketishga ruxsat so‘ramagan, biroq faoliyatida yangi chaqiriqni qabul qilishdan xursand bo‘lardi.
Vinger ushbu mavsumda barcha turnirlarda 6 ta bahsda maydonga tushdi, biroq samarali harakat qayd etmadi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Manening bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.