Live
2
O'zbek

Holand klub miqyosidagi faoliyatida 300-golini urdi

Futbol
5 sentabr, 11:10
    3
Norvegiyalik hujumchi yubiley golini «Koventri»ga qarshi bahsda bosh bilan urdi.
Holand klub miqyosidagi faoliyatida 300-golini urdi
Foto: Getty Images
05.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 1 : 0 Koventri Siti Koventri Siti

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand klub miqyosidagi faoliyatida 300 ta gol urish marrasiga yetdi.

26 yoshli futbolchi yubiley golini Angliya chempionati 3-turidan o‘rin olgan «Koventri»ga qarshi bahsda qayd etdi. Holand birinchi bo‘limda Antuan Semenyoning uzatmasidan so‘ng bosh bilan zarba berib, jamoasini oldinga olib chiqdi — 1:0.

Holand «Manchester Siti» safida 165 ta gol urgan. Bungacha u Dortmundning «Borussiya»si uchun 86 ta, «Zalsburg» safida 29 ta va «Molde»da 20 ta gol qayd etgan.

Shu tariqa, norvegiyalik hujumchi klub miqyosida jami 300 ta gol urishga erishdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Koventri Siti Koventri Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar