Live
2
O'zbek

Mareska: «Barcha bahslar ham chiroyli o‘tavermaydi»

Futbol
5 sentabr, 12:55
    3
«Manchester Siti» bosh murabbiyi jamoasining «Koventri» ustidan qozongan minimal hisobdagi g‘alabasiga izoh berdi.
Mareska: «Barcha bahslar ham chiroyli o‘tavermaydi»
Foto: Getty Images
05.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 1 : 0 Koventri Siti Koventri Siti

Angliya Premyer-ligasining 3-turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Koventri»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng «shaharliklar» 9 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi.

«Bugun turli sabablarga ko‘ra o‘yinimiz menga juda yoqdi. Birinchi bo‘limda yana bir yoki ikkita gol urishimiz mumkin edi, ammo g‘alaba uchun birgalikda harakat qildik. Shu bois xursandman», — dedi Mareska.

Mutaxassis past blokda himoyalanadigan jamoalarga qarshi o‘ynash doimo qiyinligini ta’kidladi.

«Bunday jamoalarga qarshi har doim qiyin. Menimcha, biz bunga juda yaxshi qarshi turdik. Muxlislarning asabiylashishi tabiiy. Bunday bahslardan keyin 10 holatdan 9 tasida yoqimsiz taassurot qoladi. Ammo 1:0 hisobida ham g‘alaba qozonishni bilish muhim. Barcha bahslar ham chiroyli o‘tavermaydi. Qiyin vaziyatlardan ham chiqib keta olish kerak», — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Koventri Siti Koventri Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar