AQSH prezidenti Donald Tramp 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazishning sezilarli iqtisodiy samarasini haqida gapirib o‘tdi.
«Amerika turizmi uchun o‘zgacha yoz ortda qoldi. Amerikaliklar deyarli 300 milliard mil masofani bosib o‘tishdi, milliy bog‘larimiz 78 million tashrif buyuruvchini qabul qildi va millionlab odamlar parvoz qildi.
Birgina futbol bo‘yicha jahon chempionatining o‘zi iqtisodiyotimizga 18 mlrd dollardan ko‘proq daromad keltirdi va 160 ming yangi ishchi o‘rinlari yaratish imkonini berdi! Sayohat va turizm - bu Amerika kompaniyalari va mahalliy hamjamiyatlarga keladigan ish o‘rinlari, investitsiyalar va milliardlab dollarlardir.
Biz byurokratik to‘siqlarni olib tashlayapmiz, aviatashuv tizimini yangilayapmiz va AQSHga tashrif buyurish va mamlakatda biznes yuritishni osonlashtirmoqdamiz. Qo‘shma Shtatlar biznes uchun ochiq va eng yaxshisi hali oldinda», - deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 11 iyun — 19 iyul kunlari AQSH, Kanada va Meksikada futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Jumladan, Amerikada musobaqaning 78 ta o‘yini o‘tkazildi.