"Ipsvich" klubi Issahaku Abdulla Fatavu bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.
Ganalik 22 yoshli vinger "Lester"dan Angliya Premyer-ligasi vakili safiga o'tdi va klub bilan 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lumotiga ko'ra, transfer qiymati 20 million funt sterlingni tashkil etgan. Shuningdek, kelishuvda qo'shimcha bonus to'lovlari ham ko'zda tutilgan.
Chempionshipning o'tgan mavsumida Fatavu 44 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U "Lester"ning eng yaxshi assistenti va ikkinchi to'purar bo'ldi.
"Ipsvich" "Lester"ning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi assistentini sotib oldi
Futbol
22 iyul, 06:16
Ganalik vinger faoliyatini APLda davom ettiradi.
Foto: Ipswich Town