"Ipsvich" "Fulhem" klubidan Issa Diopni o'z safiga qo'shib olganini rasman e'lon qildi.
Sky Sports ma'lumotiga ko'ra, marokashlik himoyachining transfer qiymati 8,5 million funt sterlingni tashkil etdi.
Diop yangi klubi bilan 2030 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi.
29 yoshli futbolchi 2026 yildagi Jahon chempionatida Marokash milliy jamoasi safida o'ynab, 5 ta bahsda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Diop o'tgan mavsumda Angliya Premyer-ligasida esa 13 ta o'yinda 1 ta gol muallifi bo'lgan.
"Ipsvich" Marokash himoyachisi Diopni o'z safiga qo'shib oldi
Futbol
22 iyul, 12:40
29 yoshli futbolchi APLdagi klubini o'zgartirdi.
Foto: Ipswich Town